Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Oydin kecha” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz.
“Oydin kecha” hikoyasi mazmuniga mos suratlar namoyish etilib, hikoya o‘qiladi, mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
ko‘lankalar – oftob nuridan to‘silgan joy
dami chiqdi – ovozi chiqdi
shipshidi – past ovoz bilan biror narsa demoq, pichirlamoq
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Oydin kecha” hikoyasini “Ich- da o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Test topshiriqlari:
Daraxt shoxlari orasida shapaloqdek-hapaloqdek nimalar tushdi?
A) barglar B) gullar D) yog‘dular E) mevalar
Ular nimaning tuyoq tovushini eshitdi?
A) otning B) to‘ng‘izning D) qo‘yning E) tuyaning
To‘ng‘iz nimaning danaklarini chaqib, mag‘zini yeb kelardi?
A) bodomning B) yong‘oqning D) o‘rikning E) pistaning
Kim to‘ng‘izdan qo‘rqayotganini bildirmadi?
A) Ozod B) Nosir D) Shokir E) Anvar
Ozod kimni uyg‘otdi?
A) tarbiyachisini B) onasini D ) bobosini E) Nosirni “Rezyume” texnologiyasi. O‘quvchilar Ozod va Nosirning xis- latlarini ijobiy va salbiy tomonlarini topib muhokama etadi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Ikki do‘st kechasi nimalarni ko‘rdi?
Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |