Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan “Non rizq-ro‘zimiz” mavzusida suhbat- lashamiz.
O‘quvchilar bilan non, uni doim asrash kerakligi haqida suhbat-
lashib, fikrlari tinglanadi.
Nonni qanday asrash mumkin?
Nima uchun non rizq-ro‘zimiz? Non haqidagi lavha namoyish qilinadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Maqolni top” o‘yini. Ekranda non haqidagi maqolning so‘zlari aralashtirib yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar ularni to‘g‘-
rilaydilar.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar bilan non- ning turlari haqida suhbatlashiladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli- giga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Non rizq-ro‘zimiz” mavzusida bayon yozish.
Mavzu: “Oydin kecha” (Murod Xidir) 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Oydin kecha” matnining mazmuni bilan tanishtirish, oromgoh haqida ma’lumot berish, ongli, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda kattalarni hurmat qilish, yosh avlodni har jihatdan kamol toptirish, tabiatga bo‘lgan mehr hissini tarbiyalash.
TK 5: hikoyada bo‘layotgan voqea jarayonlarga daxldorlikni his etish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, o‘qituvchi yordamida qahramonlarga baho bera olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |