4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet251/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga suv haqida ma’lumot berish, “Suv bilan suhbat” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK1: she’rning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash, ularni tejamkorlikka, suvdan oqilona foydalanishga odatlantirish.
TK4: she’rda go‘zallik va ezgulikka intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, maqollarni o‘z o‘rnida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK2: o‘qilgan she’rning mazmuniga doir savollarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Maqolni yig‘” o‘yini.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Nihollarning nolasi” hikoyasi o‘qittiriladi, mazmuni so‘zlatiladi.
Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Bolalar qayerga nihol ekishdi?

  • Nihollar qachon nobud bo‘ldi?

O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi. “Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga suv tasvirlangan rasmli
konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Suv bilan suhbat” she’ri bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan suv, uning ahamiyati haqida suhbatlashib, fikrlari
tinglanadi.

  • Hayotimizda suvning ahamiyati qanday?

  • Suvsiz qancha vaqt yashay olamiz?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi.
She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Suv” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Suv bilan suhbat” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Suv bilan suhbat” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi.

  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling