4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


FK 1: she’r matnlarini tinglab tushuna olish. Tarbiyaviy


Download 3.78 Mb.
bet38/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

FK 1: she’r matnlarini tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda insonlarga nisbatan mehr-oqibat, turli kasb egalariga hurmat, dehqon mehnatini qadrlash, mehnatsevarlik his- larini tarbiyalash.
TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda ifodali o‘qish malakalarini, qofiya- dosh so‘zlarni aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
TK 3: she’riy kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob,“Zanjir”, “Polizda”, “Qofiyadoshini
top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Qovun sayli” hikoyasining 2-qismi o‘qitiladi, mazmuni o‘quv- chilarga hikoya qildiriladi. Hikoya yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Hikoya nima uchun “Qovun sayli” deb nomlangan?

  • Qovun sayli qachon bo‘ladi?

  • Kimlar atayin katta-katta qovunlarni qiynalib polizdan ko‘tarib chiqishdi?

  • Qovunlarni qanday turlarini bilasiz?

O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi. O‘quvchilar zanjir usulida o‘zlari bilgan qovun turlarini aytadilar. “Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga
bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga paxtazor, mevalar tasvir- langan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mo- zaika” usuli yordamida yig‘adilar.

  1. Download 3.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling