Test topshiriqlari:
“Kuz” she’ridagi “Qishga zamin solinar” misrasini izohlang.
A) qishning boshlanishiga ishora B) kuzning boshlanishiga ishora
D) bahor kelishiga ishora E) yozning tugashiga ishora 2.“Qovun sayli” hikoyasida bola qayerlik bo‘ladi?
A) toshkentlik B) buxorolik D) samarqandlik E) andijonlik
“Qovun sayli” hikoyasida qovunning qaysi turlari haqida aytilgan?
A) shakarpalak, ko‘kcha, umrboqi B) ko‘kcha, obinovvot, doniyor
D) umrboqi, doniyor, ko‘kkalapish E) bosvoldi, obinovvot, ko‘k- kalapish
Dehqon qaysi she’rda “yer naqqoshi” deya ta’riflanadi?
A) Shukur Sa’dulla, “Kuz” B) Sulaymon Rahmon, “Dehqon”
D) Anvar Obidjon, “Vatan” E) Muhammad Yusuf, “Bobodehqon”
Kuzda dehqonchilikka oid qanaqa bayram o‘tkaziladi?
A) Hosil bayrami B) Mehrjon bayrami
D) Paxta bayrami E) Mustaqillik bayrami
“Birikmadan gapgacha” mashqi. Buning uchun sinf o‘quv- chilariga kuz fasliga mos so‘z birikmalari beriladi. O‘quvchilar shu birikmalar asosida gaplar tuzishlari lozim. Bu topshiriq
bo‘yicha mazmunli gaplar tuzgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
(Oltin fasl, mehnatkash inson, oltin qo‘l, saxiy yer, xalqimiz rizqi.)
Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu “Salomlashish odobi” e’lon qilinadi. “Salom” so‘zi- ning ma’nosi va salomlashish turlari haqida suhbat o‘tkaziladi.
O‘qituvchi tomonidan matn muallifi Husayn Voiz Koshifiy haqida
qisqacha ma’lumot beradi.
O‘qituvchi tomonidan salomlashishning yetti holati haqida tushun- cha beradi. Mavzu o‘quvchilarga “Ichda o‘qish” usulidan foydalanib o‘qitiladi.
Mavzudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |