Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilar “Ilm afzal” ertagining 1-qismi bilan tanishtiriladi. Er- tak janri haqida so‘raladi. Ertakni bir o‘quvchi ifodali qilib o‘qib beradi. O‘qituvchi matn mazmunini tushuntirib beradi. Matnni o‘quvchilarga navbatma-navbat o‘qitiladi.
Ertakdagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
omiligimcha – savodsizligimcha
soyai davlatlarida – himoyasida
Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
“Rolli o‘qish” usuli. O‘quvchilarga “Ilm afzal” ertagidagi har bir qahramonni o‘z istaklariga ko‘ra bo‘lib beriladi. Ular dars- likdan o‘z qahramonlarini rolga kirib o‘qiydilar.
Darslikdagi savollarga javob topiladi.
Qizi yalqov akalari haqida otasiga qanday maslahat berdi?
Chol o‘g‘illari bilan nima haqida suhbatlashdi?
“Yulduzchalar so‘zlaganda” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar uch guruhga bo‘linib, yulduzchalarning shakliga mosini aniq- lab, ilm haqidagi maqolni topadilar.
Masalan: ilmlining, zimiston, ko‘zi, tubsiz, ilmsizniki, charog‘on, uy, yumuq.
Maqol: Ilmlining uyi charog‘on, ilmsizniki zimiston.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Ertakda nechta qahramon bor?
Ertakda qaysi qahramonning ijobiy xislatlarini ko‘rdingiz?
“Ilm afzal” ertagi nimasi bilan sizga yoqdi?
Ertakni o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
Ertakdan olgan bilimlaringiz hayotda kerak bo‘ladimi? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Ilm afzal” ertagining 1-qismini qayta hikoyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |