4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet68/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

Mavzu: “Ilm afzal” (Ertak). 2-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga ilm, uning qanchalik afzalligi haqida ma’lumot berish, “Ilm afzal” ertagining 2-qismi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: ertak asar mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ilm olish- ga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirish, ota-onani hurmat qilishga o‘rgatish.
TK 5: ertakda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy ishlash, mavzuga oid maqollar topish, savollarga to‘liq javob berish qo- biliyatlarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Aqliy hujum”, “So‘z- larni joylashtir”, “Maqollar zanjiri” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Ilm afzal” ertagining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni zanjir usulida qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Ota farzandlariga qanday savol berdi?

  • Uchinchi o‘g‘ilning javobi qanday bo‘ldi? O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

Tarqatma materiallar bilan ishlanadi. Ilm haqida maqollar aytish musobaqasi tashkil qilinadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Aqliy hujum” metodi.Bolajonlar, siz ilm, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqida nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan “Ilm afzal” ertagining 2-qismi bilan tani- shamiz.

O‘quvchilar bilan bilim, ilmning qanchalik hayotimizda o‘rin tuti- shi, ilm va boylik orasidagi tafovut haqida suhbatlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ilm afzal” ertagining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Matndagi nota-
nish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling