4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish. Dars turi


Download 0.84 Mb.
bet134/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “O‘rnini almashtir” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3–4 o‘quvchiga so‘zlatiladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Sichqoncha eng avval kimga salom berdi?

    2. Qanday vaziyatlarda salom berilmaydi?
  1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bolajonlar, siz baqaning injiqligi, qaysarligini qanday baholaysiz? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

    • Bugun biz sizlar bilan “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qis- mi bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan o‘z vaqtida salomlashish haqida suhbatlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismini ifodali o‘qib beradi.
Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Lug‘at ishi:


makkapoya – jo‘xoripoya uvat – dalaning cheti
javrayveribdi – vaysayveribdi
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismi o‘quvchilarga navbati bi- lan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

    • Matndan sichqonchaning salomiga Toshbaqa va To‘rtko‘zning ja-

vobini topib o‘qing.

    • Qari Echki salomlashish odobi to‘g‘risida Sichqonchaga qanday

maslahat berdi?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
O‘rnini almashtir” o‘yini. Ekranda ertakdagi gaplar tarkibida- gi so‘zlar tartibsiz beriladi. O‘quvchilar shu gapdagi so‘zlarni o‘rnini almashtirib, gap hosil qiladilar va shu gapni ertakdan topib o‘qiydilar.
Masalan: “Yuragim g‘ash bo‘p ketyapti, tog‘ajon”, “Xafa bo‘lma, bo‘tam”.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling