4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet135/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va baholash.


Savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Salomlashish odobi haqida nimalarni bilib oldingiz?

    2. Siz ham kattalarga salom berasizmi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa. “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining 2-qismini o‘qish.




Mavzu: “Qodir bilan Sobir” (Hakim Nazir).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Qodir bilan Sobir” hikoyasi bilan tanishti- rish. Ifodali, ravon, tinish belgilariga qarab o‘qish malakalarini oshirish, lug‘at boyligini yangi so‘zlar bilan boyitish.
TK 5: odobli bo‘lishga harakat qilish.
FK 1: o‘rganilgan hikoyaga bayon yoza olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ijobiy sifatlarni tarbiyalash, kamtarin- lik, yolg‘on gapirmaslikka, qo‘rqmas, jasur bo‘lishga, o‘z xatosini tu- shunishga o‘rgatish.
TK 4: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, bog‘lanishli nutq malakalarini hamda mustaqil fikrlash, hozirjavoblik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoyaga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Nima uchun?” metodi, “Zehn mat- ni” mashqi.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


Uyga berilgan vazifa “Hozir, buvijon” matnini “Davom ettir” usu- lida hikoya qilib beradi. Savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Dilbar maktabdan kelib qilgan ishini qanday baholaysiz?

    2. Hikoyada Malika xola va Dilbar haqidagi voqealarni so‘zlab bering.

    3. Nima uchun hikoya “Hozir, buvijon” deb nomlandi?

    4. Siz ham uy yumushlariga yordam berasizmi?

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling