4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
Download 0.84 Mb.
|
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustahkamlash.
- “So‘zlarni top” o‘yini.
- Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
- Darsning maqsadi
- Darsning borishi
- Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
- Yangi mavzu bayoni.
Lug‘at ishi:ehtirom – yuksak hurmat, izzat-ikrom amr etdi – buyurdi, farmon qildi o‘z otalig‘imizga olib – o‘z tarbiyasiga olib valiahd – taxt vorisi yuzxotir – hurmat , andisha yuzasidan birovga qattiq gapirmaslik Yangi mavzuni mustahkamlash.Darslik bilan ishlash. “Shaxzodaning bolaligi” hikoyasini o‘quv- chilar “Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar. “Charxpalak” o‘yini. Bu o‘yinda guruhning har bir a’zosi asar haqidagi fikrlarini bir jumla bilan ifoda etadi, keyingi ishtirokchi uning fikrini davom ettiradi. Savol-javob: Nima maqsadda Jaloliddin Kuzbor og‘aga topshirildi? Axir uning xat-savodi bor edi-ku. Kuzbor nima sababdan Oychechakka e’tiroz bildirmoqchi edi? Oychechakning “Jaloliddin – valiahd, ammo bugundan e’tiboran shogirdingiz, o‘quvchingiz” degan gaplarning ma’nosini izohlang. Oychechak nima uchun minnatdorchilik bildirdi? Nima uchun malikaning ko‘ziga yosh keldi? Malika Jaloliddinning kelajakda qanday bola bo‘lishini istagan edi? “So‘zlarni top” o‘yini.
Har bir guruh uchun alohida harflar jadvali beriladi. O‘quvchilar jadvaldan so‘zlarni tez topishlari kerak. JALOLIDDIN, XORAZMSHOHLAR, MALIKA, SAVOD, KUZBOR MALIK, OTALIQ, TARBIYA, ZEHN, SHOGIRD, OYCHECHAK, ILM, YUMUSH. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Kuzbor Malik va malika orasidagi o‘zaro munosabatni izohlang. Nima maqsadda Kuzbor malika huzuriga chaqirtirildi? Kuzborning sadoqati nimalarda namoyon bo‘ladi? O‘quvchilar javoblari tinglanib, dars xulosalanadi. O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadilar. Uyga vazifa. “Shahzodaning bolaligi” hikoyasini so‘zlash. Mavzu: “Odobli bo‘lish osonmi?” (Anvar Obidjon). 1-qism. Darsning maqsadi:Ta’limiy: o‘quvchilarni ongli, ravon va ifodali o‘qishga, matn mazmunini to‘liq uqib olishga, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olish- ga o‘rgatish. TK 3: ertak kitoblarni muntazam o‘qish va bilimini oshirish. FK 1: ertak mazmunini qayta hikoya qila olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarni odobli bo‘lishga, kattalarni hurmat qilish- ga, muloyim so‘zlashga o‘rgatish, ularda o‘zaro mehr-oqibat, o‘zgalarga yaxshilik tilash tuyg‘ularini tarbiyalash. TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asarning asosiy g‘oyasini ajrata olish qobiliyatini, umumlashtirish, taqqoslash, xulosa chiqarish ko‘nikmalarini hamda og‘zaki nutqini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish. FK 2: ertak qahramonlariga munosabat bildira olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Kayfiyat xabarlari”, “Zig- zag strategiyasi”, “Toshchalarga qoqilib o‘qish” mashqlari. Dars jihozlari: ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar, multime- dia ilovalari. Darsning borishi:Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirlash. “Kayfiyat xabarlari” mashqi. O‘quvchilar bir aylana bo‘lib turadi yoki o‘tiradilar va mav- zuga, masalan ob-havo, hayvonlar, qushlar yoki o‘simliklarga doir hissiyotlarini ma’lum qiladilar. Misol uchun: O‘tgan bir yoki ikki kun ichida atrofda juda ko‘p qora bulutlar bo‘ldi, ammo quyosh o‘z nurlarini socha boshlayapti. Men o‘zimni xuddi tipratikan kabi sekin va sertikan his etyapman. Sinfga kelganimda men chittak edim, kichkina va sezilmas, hozir esa o‘zimni chig‘alaydek his qilyapman. Bu mashq hammaga o‘z kayfiyatini ifodalash uchun imkoniyat be- radi hamda o‘qituvchining va sinfdagi qolganlarning dars boshlangani- da boshqalar qanday his qilayotganliklarini va hissiy xulq-atvorga dars- ning foydasiga ta’sirlanuvchanligini uyg‘otadi. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.O‘quvchilar “O‘tmishni o‘rganmoq – burchimiz” mavzusida yozib kelgan matnlarini o‘qiydilar. O‘zlari yashaydigan mahalla, shahar yoki qishloqlarining tarixi haqida o‘rganib kelgan ma’lumotlarini so‘zlab be- radilar. Yangi mavzu bayoni.Aziz o‘quvchilar, bugun biz siz bilan Anvar Obidjonning “Odobli bo‘lish osonmi?” ertagining I qismini o‘rganamiz. O‘qituvchi ertak muallifi Anvar Obidjon haqida qisqacha ma’lumot beradi. “Zig-zag” strategiyasi metodi. Sinf o‘quvchilari guruhlar- ga bo‘linadilar. “Odobli bo‘lish osonmi?” ertak matni qism- larga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va so‘zlab beradilar. Vaqtni tejash maqsadida gu- ruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomoni- dan to‘ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmunini so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmu- ni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar ertak mazmuni bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini aniqlaydilar. Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling