Lug‘at ishi:
takya – do‘ppi
suluv – go‘zal, chiroyli
yanglig‘ – kabi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismi o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Alisher o‘rtoqlari bilan nima haqda suhbatlashdi?
O‘zingiz qissa bo‘limlariga mos sarlavha qo‘ying.
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Ajdodlar merosi” mashqi. O‘quvchilar Alisher Navoiy bobomiz yozgan asarlarni ketma-ket aytadilar. Eng ko‘p ma’lumot aytgan o‘quv- chi g‘olib bo‘ladi.
Test topshiriqlari:
Alisher o‘zi tengi ikki qo‘shni bola bilan nima o‘ynardi?
A) koptok B) soqqa D) o‘yinchoq E) quvlamachoq
Qaysi hayvon daraxtlar orasidan otilib chiqib Alisherga surkaldi?
A) kiyik B) quyon D) bo‘rsiq E) kuchuk
Alisherning tog‘asi kiyikni qayerdan olib kelibdi?
A) bog‘dan B) tog‘lardan D) yaylovdan E) dashtdan
Eng zo‘r zaruriyat nima ekan?
A) merganlik B) kuch D) maktab E) ov qilmoq
Alisherga kim doimo “Olim odam xor bo‘lmaydi” der ekan?
A) onasi B) tog‘asi D) do‘stlari E) otasi
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilgan bilimlar umumlashtirilib, dars yakunlanadi. Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |