4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet128/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uyga vazifa. “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismini o‘qish.




Mavzu: “Shum bola” (G‘afur G‘ulom).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga ezgulik, hushyorlik haqida ma’lumot berish, “Shum bola” qissasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: asarni tushunib, ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda bag‘rikenglik, mehribonlik, g‘amxo‘rlik kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 3: asarda bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqlarini, matn ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Bilimdonlar” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar o‘quvchiga qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.

    • Alisher kimlar bilan soqqa o‘ynardi?

    • Alisher qaysi hayvon bilan uchrashdi? O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bugun biz sizlar bilan “Shum bola” qissasi bilan tanishamiz. O‘quvchilar bilan xushyorlik va rostgo‘ylik haqida suhbatlashiladi,

javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Shum bola” qissasi asosida videolavha namoyish etiladi. O‘qituvchi “Shum bola” qissasini ifodali o‘qib beradi.
Qissadan parcha mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling