4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet126/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda buyuk ajdodlarimizga munosib farzand bo‘lishga intilish hissini tarbiyalash.
TK 4: asarda aks etgan qahramonning halol, jonkuyarligiga qarab
xolis fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Ajdodlar merosi” mashqi.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Alisherning yoshligi” qissasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni qay- ta hikoya qildiriladi. Qissa yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    • Alisherning yoshligi qanday o‘tgan ekan?

    • Alisher Navoiy bobomiz haqida yana nimalarni bilasiz? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bugun biz sizlar bilan “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismi bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan Alisher Navoiy bobomizning yoshlikdagi hayoti haqida suhbatlashiladi, savol-javob o‘tkaziladi.

    • Maktabning hayotda qanday o‘rni bor?

    • Alisher Navoiy bobomiz qanday ishlar qilganlar?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. O‘qituvchi “Alisherning yoshligi” qissasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. Qissa mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling