Lug‘at ishi:
bosar joyini bilmay qolgan edi – hech narsani nazar-pisand qilmay qo‘ymoq.
qistab – hol-joniga qo‘ymay iltimos qila boshladi
tuzuk – durust, yaxshi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Xatosini tushungan bola” hikoyasini o‘quv- chilar ichida o‘qiydilar.
Reja tuzing va u asosida matn mazmunini qayta hikoya qiling.
Test topshiriqlari:
Kim ochiq deraza oldida bog‘ tomonga tikilganicha o‘yga
tolib o‘tirardi?
A) Odiljon B) Muhabbat D) Qosimjon E) o‘qituvchi
Qosimjonga qayerdan xat kelgan edi?
A ) Samarqanddan, tahririyatdan B)Toshkentdan, tahririyatdan
D) Toshkentdan, maktabdan E ) Buxoradan, gazetadan
Xatda Qosimjonning qaysi she’ri gazetaning kelgusi son- larida bosib chiqarilishi aytilgan?
A) “Bahor keldi” B) “Qush tili”
D) “Men ekkan nihol” E) “ Oltin kuz”
Kim Qosimjonga devoriy gazetaga she’r yozib berishini so‘radi?
A) Umida B) Shokir D) Muhabbat E) Munisa
Tarix o‘qituvchisi Qosimjonga nima deb tanbeh berdi?
A) manman bo‘lib ketayapsan B) ishyoqmas bo‘lib ketayapsan
D) a’lochi bo‘lib ketayapsan E) bilmasvoy bo‘lib ketayapsan
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Hikoya sizga yoqdimi?
Qosimjonning o‘rnida bo‘lganingizda siz ham shunday qilarmi- dingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |