D) Xudoyberdi To‘xtaboyev E) Aziz Abdurazzoq
Kim Qosimjonni tug‘ilgan kuniga taklif etmadi?
A) Tohir B) Muhabbat D) Aziza E) Umar
Qosimjonga qayerdan xat keldi?
A) Toshkentdan B) Buxorodan D) Samarqanddan E) Andijondan
Qosimjonning “Men ekkan nihol” sarlavhali she’ri qayerda bosi- lib chiqdi?
A) kitobda B) jurnalda D) gazetada E) risolada
Qosimjon qaysi darsda she’r yozib o‘tirib, qo‘lga tushib qoldi?
A) adabiyot B) matematika D) ona tili E) tarix
O‘quvchilar yakka tartibda test topshiriqlarini bajaradilar. Test javoblari o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi, xatolar izohlanadi.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Xatosini tushungan bola” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz.
Yangi mavzu “Bumerang” texnologiyasi asosida tashkil qilinadi. “Bumerang” texnologiyasi. 4ta kichik guruhlar tashkil qilinib, har bir guruhga darslikdagi matndan ma’lum qismlarni mus- taqil o‘rganish topshiriladi.
guruh uchun quyidagi parcha beriladi:
Ertasiga devoriy gazeta chiqdi. Unda Qosimjonning rasmini bop- lab chizishgan edi. Yuzi osmonga qaragan, bo‘yni olmaning bandidek, burnini shunaqangi uzun cho‘zishibdiki, naq devoriy gazetadan chiqib ketay deb turibdi, rasmning ostiga “yosh shoir” deb yozib qo‘yilgan...
guruh uchun quyidagi parcha beriladi:
Bu voqea bir nafasda sinf rahbarining qulog‘iga borib yetdi. Dars- dan so‘ng Qosimjonni o‘quvchilar o‘rtasida muhokama qiladigan bo‘lishdi. Lekin sinf majlisi endigina boshlanay deb turganda, Qosim- jon payt poylab derazadan oshib tushdi-da, Tohirni ergashtirib uyiga jo‘nab qoldi...
Do'stlaringiz bilan baham: |