Uyga vazifa berish. “Xatosini tushungan bola” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Xatosini tushungan bola” (Xudoyberdi To‘xtaboyev).
II qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoyaning mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri, ravon o‘qish, hikoya mazmuni yuzasidan savollar tuzish, asar qahramonlarining fe’l-atvorini aniqlash va qiyosiy tavsiflashni o‘rgatish.
TK 3: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
FK 1: hikoyani ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga insondagi yaxshi va yomon xulqlar, ularning oqibati haqida, manmanlik, birovlarni kamsitish yomon odat ekanligini tushuntirish, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rgatish.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, asar tahlilida matndan misollar tanlay olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Bumerang”, “Kim tez topadi?”, “Rolli o‘qish”, “Maqollar bilag‘oni” mashqlari.
Dars jihozlari: devoriy gazetalar tasviri, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Bir necha o‘quvchi “Xatosini tushungan bola” hikoyasining I qis- mini so‘zlab beradilar.
Test topshiriqlari:
“Xatosini tushungan bola” hikoyasining muallifi kim?
A) Shukur Sa’dulla B) Rauf Tolib
Do'stlaringiz bilan baham: |