Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Hikoyat sizga yoqtimi?
Siz ham ko‘chat ekanmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Erka cholning o‘rigi” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Navro‘z – bahor bayrami” (Muzayyana Alaviya).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga Navro‘z haqida ma’lumot berish, “Nav- ro‘z – bahor bayrami” hikoyasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushunish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni milliy qadriyatlarni ulug‘lash ruhida tar- biyalash.
TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikka intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, “So‘zlarni top” o‘yini.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Erka cholning o‘rigi” hikoyasi o‘qitiladi, 3,4 nafar o‘quvchidan mazmuni so‘raladi. O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
Yozuvchiga qanday o‘rik uzatishdi?
Erka chol o‘rikni qachon ekkan ekan?
Do'stlaringiz bilan baham: |