Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasi bilan tanishamiz. O‘quvchilar bilan Navro‘z, unda bo‘ladigan urf-odatlar haqida suh-
batlashiladi, ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
Hikoya o‘qib beriladi.
Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
bo‘g‘ot – tomning cheti
shinni – tutdan tayyorlanadigan shirinlik
qo‘g‘irmoch – un va yog‘dan tayyorlanadigan taom
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadi- da “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Erta bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Navro‘zgacha va Navro‘z kunlari qanday ishlar qilinadi? “So‘zlarni top” o‘yini. O‘quvchilar yo‘nalishlar bo‘yicha harflardan so‘zlar tizib sumalakka kerakli masalliqlarni aniq- laydilar.
Kichik guruhlarda ishlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linishadi. Har bir guruh Navro‘zda tayyorlanadigan taom- larni birin-ketin aytishadi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Sizning oyingiz Navro‘z bayramida qanday taomlar pishiradilar?
Qaysi Navro‘z taomlarini tayyorlashda yordam bera olasiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasini o‘qish.
Do'stlaringiz bilan baham: |