4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet39/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan Sulaymon Rahmonning “Dehqon” she’ri bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan dehqon, uning qanchalik ko‘p mehnat qilishi
haqida suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.

  • Dehqon bobo nimalarni parvarish qiladi?

  • Dehqon bobo bizga qanday yordam beradi?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Dehqon” she’ri mazmuni tasvirlangan videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Dehqon” she’ri matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


jonlanaditiriladi saxiy – qo‘li ochiq
sahrolarda – cho‘llarda namoyon – aks etgan
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Dehqon” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Shoir dehqonni qanday so‘zlar bilan ulug‘laydi?

  • U dehqonni nima uchun “yer naqqoshi” deb ataydi?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar dehqon yetishtiradigan mahsulotlarni ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi.
Polizda”o‘yini. Qovun polizi tasvirlanib, qovunlarga in- son, quyoshi, bahor, o‘ngimda so‘zlari, bulutlarga bo‘ston, naqqoshi, olma-anor, ko‘nglimda so‘zlari yoziladi. To‘g‘ri juft
tanlangan bulutdan yomg‘ir yog‘adi va qovun kattalashadi. “Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Dehqon” she’ridagi qofiyadosh so‘zlarni topib aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling