Ko‘p o‘tmay, ikkinchi saxiy kimning nazaridan qoldi?
A) elning B) qarindoshlarning D) qo‘shnilarning E) do‘st-
larning
Darslik bilan ishlash.
“
Topib o‘qi” mashqi. Bu mashqda matndan 1-qator o‘quv- chilari ikki bo‘g‘inli, 2-qator o‘quvchilari uch bo‘g‘inli, 3-qator o‘quvchilari to‘rt bo‘g‘inli so‘zlarni topib o‘qib
berishlari lozim
bo‘ladi. Eng ko‘p va tez topgan qator g‘olib bo‘ladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Donishmand ikkinchi saxiyning ishlarini nima uchun ma’qul- lamadi?
Siz “saxiylik” deganda nimani tushunasiz?
Nima deb o‘ylaysiz, ertakning asosiy g‘oyasi nimadan iborat? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.