FK 1: o‘qilgan she’rning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlikka o‘rgatish, milliy an’- analarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash.
TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarni ang- lash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Yosh dehqon” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid ko‘rgazmalar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Oftob chiqdi olamga” she’ri o‘qittiriladi, 3-4 nafar o‘quv- chidan yoddan so‘raladi. Avvalgi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
“Oftob chiqdi olamga” qo‘shig‘i qachon kuylanadi?
– Yana qanday xalq qo‘shiqlaridan bilasiz?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz xalq qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan “Xo‘p hayda” she’ri bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan xalq qo‘shiqlari, yig‘im-terim davri haqida suh-
batlashib, fikrlari tinglanadi.
Yig‘im-terim davrida dehqonlar nima bilan shug‘ullanadi?
Dehqonlar ish vaqtida qanday qo‘shiqlar kuylaganlar?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. Xalq og‘zaki ijodi haqida qisqacha suhbat o‘tkaziladi.
O‘qituvchi “Xo‘p hayda” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r maz- muni tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |