4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 0.84 Mb.
bet66/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob o‘tkaziladi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Xo‘p hayda” she’rini yodlash.




Mavzu: “Ilm afzal” (Ertak). 1-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ilm afzal” ertagining mazmuni bilan tanishtirish, odamning davlati ilmda ekanligi haqida ma’lumot berish, matn ustida ishlash ko‘nikmalarini o‘stirish.
FK 1: asar mazmunini to‘liq fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ilm olishga qiziqtirish, ilm-hunar boylik ekanligi va uni qadrlash lozimligini tushuntirish.
TK 5: ertakda aks etgan umuminsoniy xususiyatlarni o‘ziga xos- liklarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Yosh shoir” mashqi, “Yul- duzchalar so‘zlaganda” o‘yini.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilardan “Xo‘p hayda” qo‘shig‘i ifodali qilib yoddan so‘raladi. Mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.

    1. “Xo‘p hayda” qo‘shig‘i qaysi bo‘limga taalluqli?

    2. “Xo‘p hayda” qo‘shig‘i qaysi paytda yozilgan?

    3. Xirmon egasi otini qanday so‘zlar bilan erkalatadi?

Yosh shoir” mashqi. Buning uchun sinf o‘quvchilari uch guruhga ajratiladi. Har bir guruh “Boychechak”, “Oftob chiq- di olamga”, “Xo‘p hayda” qo‘shiqlari asosida berilgan kalit
so‘zlardan foydalanib, to‘rtlik to‘qishga harakat qilishlari aytiladi. Har bir guruhning javob berishiga qarab g‘olib aniqlanadi.

  1. Vatan haqida: onam, tuprog‘im, zarim, asrayman.

  2. Lola haqida: qip-qizil lola, chiroyli, xola, onamga.

  3. Ilm haqida: oftobda, sovuqda, rangi, o‘chadi, qotadi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling