Lug‘at ishi:
haddan ziyod – juda ko‘p kissangizga – cho‘ntagingizga
hirs – ochko‘zlik talmovsirab – dovdirab
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Ilm afzal” ertagining 2-qismi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Oqila qiz otasining savoliga qanday javob berdi?
Aka-ukalar qanday xulosaga kelishdi?
Nima uchun ilm afzal? Siz nima deysiz? O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“So‘zlarni joylashtir” o‘yini. Ekranda matndan parcha be- riladi. Matndagi tushirib qoldirilgan so‘zlarni o‘rniga yozish kerak.
“Maqollar zanjiri” o‘yini. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi, har bir guruh ilm, uning foydasi haqidagi maqollardan ketma-
ket aytadilar. Eng ko‘p maqol aytgan guruh rag‘batlantiriladi.
Matn mazmuni qayta hikoya qildiriladi, aka-ukalarga qiyosiy tavsif beriladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash. Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. O‘quvchilar darsga ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Ilm afzal” ertagining 2-qismini o‘qish.
Mavzu: “Davlat” (Ertak).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni matn mazmuni bilan tanishtirish, dehqonchi- lik mehnati tufayli yaratiladigan noz-ne’matlar haqida ma’lumot berish.
FK 1: ertakni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, matndagi mehnatsevarlik bilan bog‘liq tafakkur tarbiyasini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |