Yangi mavzu bayoni.
“So‘z o‘yini”. Berilgan misollarni yechib, harflardan so‘z tuza- dilar. Mavzu mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib berila- di. Matn o‘quvchilarga “Davom ettir” usulida o‘qitiladi. Mav-
zudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
bahramand – rohatlanuvchi
beqiyos – behad, cheksiz xushnudlik – mamnun, shod, xursand
Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Qismini top” o‘yini. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bu gu- ruhlarga mavzu matni qismlarga bo‘lib beriladi. Har bir guruh a’zolari berilgan qismlarni to‘g‘ri topib, ifodali o‘qishadi va
hikoya qilishadi. Darslikdagi savollarga javob topiladi.
Dehqonning oilasi qanday hayot kechirar edi?
Nima uchun Davlat dehqonning uyidan ketishni xohlamadi? “Fikr sharhi” mashqi. O‘quvchilar “Davlat“ ertagida qaysi fazilatlar ulug‘lanishi va qaysi illatlar qoralanishini quyidagi tartibda javoblarni yozishlari lozim.
Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Shu mavzudan so‘ng davlat nimada ekan?
Hayotingizda shunday holat yuz bersa nima qilgan bo‘lardingiz?
Mavzudan olgan bilimlaringizni qachon qo‘llash mumkin? Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Davlat” ertagini hikoya qilib berish.
Mavzu: “Ko‘zacha bilan tulki” (Ertak). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ko‘zacha bilan tulki” ertagi bilan tanishti- rish, matnni ifodali o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |