TK 2: mavjud axborot manbalaridan foydalana olish.
FK 1: ertak mazmunini darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab
fikrini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik fazilatlarini tar- biyalash.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash, lug‘at
ustida ishlash, o‘g‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, “Rezyume”, yarim izlanish metodi. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Davlat” ertagini o‘qib, so‘zlab beradilar. Suhbat uchun savollar:
Davlat kimning hovlisida yashabdi?
Dehqonning oilasi qanday hayot kechirar edi?
Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
Test topshiriqlari:
Dehqonning nimasi juda ko‘payib ketibdi?
A) mol-u davlati B) hosili D) do‘stlari E) kitobi
Davlat kimning qoshiga kelibdi?
A) boyning B) qozining D) dehqonning E) boboning
Davlatning ketishini eshitib kim yig‘lamadi?
A) dehqon B) qizi D) xotini E) kichkina kelini
Davlat nima uchun dehqonning uyidan ketmabdi?
yashashga joyi bo‘lmaganligi uchun
mehmondo‘st bo‘lganligi uchun
D) do‘st bo‘lganligi uchun E) ahil bo‘lganligi uchun
Davlat dehqonning xonadonida qancha vaqt qolgan?
A) umrbod B) bir yil D) ikki kun E) o‘n yil
Do'stlaringiz bilan baham: |