4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet87/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

TK 4: ertakda aks etgan qahramonlarning halolligiga qarab xolis
fikr yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash, lug‘at
ustida ishlash, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan ertakning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Do‘stingni tanla va u haqida so‘zla”, “To‘g‘ri jumlani top” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagini so‘zlab beradilar.

To‘g‘ri jumlani top” o‘yini. O‘qituvchi ertak jumlalarini noto‘g‘ri o‘qiydi. O‘quvchilar uni to‘g‘rilab o‘qiydilar.
Namuna: Hozirgi zamonda aqlsiz Ibrohim, Ismoil va Umar ismli uch yigit sayohatga chiqishibdi. Dam olib o‘tirishganida otning izi ularning diqqatini jalb etibdi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismi bilan tani- shamiz.

O‘qituvchi ertakni o‘qib beradi va matn mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket ertakni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar ku-
zatib boradilar.

Lug‘at ishi:


hayratda qolib – hayron bo‘lib o‘kindi afsus qildi
in’om-ehson – sovg‘a tahsinlar rahmatlar
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilarga “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismini” “Shivirlab o‘qish” usulida o‘qitiladi va qayta hikoya qildiriladi.
Do‘stingni tanla va u haqda so‘zla” didaktik mashqi. Ziy- rak uch yigit nomi ekranda namoyish qilinadi. O‘quvchilar o‘zlariga yoqqan qahramonni tanlab, tavsiflaydi. Eng ko‘p tanlangan qahramon haqida o‘quvchilarning fikrlari va sababi so‘raladi. Ekranga asar qahramonlariga tegishli matn tarkibidagi gaplar namoyish qilinadi. Bu orqali o‘quvchilar ziyrak uch yigitning ijobiy
obraz ekanligi haqida tasavvur hosil bo‘ladi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling