Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning ayrimlaridan “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagi- ning mazmuni so‘raladi. O‘tilgan mavzu asosida test o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari:
Hunarsiz kishi o‘limga yaqin ertagida qiz nima uchun podshohga turmushga chiqmasligini aytadi?
A) yoshligi uchun B) boyligi uchun D) hunarsiz bo‘lganligi uchun
E) kambag‘alligi uchun
Podshoh qancha muddatda gilam to‘qishni o‘rgandi?
A) 25 kunda B) 1 oyda D) 1 yilda E) 15 kunda
Podshoh nima uchun zindonga tushib qoldi?
A) sayr qilib yurgani uchun B) kabob yegisi kelgani uchun
D) o‘zi yurgani uchun E) qorong‘ida yurganligi uchun
Vazir gilamning chetida nimani ko‘rib qoldi?
A) muhrni B) belgini D) shtampni E) nuqtani
Podshoh va zindondagilarni nima qutqarib qoldi?
A) kuch B) podshoh D) hunar E) lashkarlar
Yangi mavzu bayoni.
Bugungi darsda “Ziyrak uch yigit” ertagining 1-qismi bilan tani- shamiz.
O‘quvchilardan ertak janri haqida bilgan ma’lumotlari so‘raladi.
Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. Matn asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Ertak kimlar haqida ekan?
Ertakda qanday xislatlar ochib berilgan?
Hikoyadagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |