Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagini “Zanjir” usulida o‘qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
“Savollar hujumi” o‘yini.
Aka-ukalar qayerga safarga chiqdilar?
Ular yo‘lda nimani izini ko‘rib qoldilar?
Ulardan kim tuyasini so‘radi?
Ular tuyaga qanday ta’rif berdilar?
Tuyaning egasi ularni kimning oldiga olib bordi?
Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
Hokim ularni nima uchun zindonga tashladi?
Ular sharob, kabob va hokim haqida qanday taxmin qildilar?
Kim onasining yoniga bordi?
A) oshpaz B ) Umar D) hokim E) uch yigit
Hokim aslida kimning o‘g‘li edi?
A) hokimning B) oshpazning D) Ibrohimning E ) Ismoilning
Hokim oshpazning o‘g‘li ekanini kimlarning suhbatlashib o‘tir- ganlarida eshitdi?
A) ota-onasining B) dehqonlarning
D) uch yigitning E) mehmonlarning
Hokimning oshpaz o‘g‘li ekanligi haqida kim ta’rif berdi?
A) Ismoil B) o‘rtog‘i D) Ibrohim E) Umar
“Ziyrak uch yigit” ertagida uch yigitning ismlarini toping.
A) Ilyos, Umar, Hasan B) Ismoil, Islom, Ibrohim
D) Ibrohim, Ismoil, Umar E) Hasan, Husan
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
“Zinama-zina” o‘yini.
Bugungi o‘qish darsi sizda qanday taassurot qoldirdi?
Darsda o‘zingiz bilmagan nimalarni bilib oldingiz?
O‘ylang, yana qanday fazilatlarni bilasiz?
“Ziyrak uch yigit” ertagini o‘qish orqali qanday xulosaga keldingiz?
Sizningcha ziyraklik insonga foyda keltiradimi?
Sizga qaysi qahramon yoqdi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |