TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xos- liklarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini,
lug‘at ustida ishlash, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Ichda o‘qish” usuli, “Kasblarga ta’rif”, “Maqollar chashmasi” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Abdulla Oripovning “Iqboli buyuksan” she’rini yoddan aytib beradi. She’r asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Ona bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?
Ustozni nima uchun unutmaslik kerak?
Suyuksan so‘ziga qofiyadosh so‘zni toping.
Dilbandi so‘ziga ma’nodosh so‘zni toping.
Yangi mavzu bayoni.
Bugungi dars mavzusi: “Qodir boboning orzusi”.
Muallif To‘lqin Hayit haqida o‘qituvchi qisqacha ma’lumot beradi. Matn mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi.
“Qodir boboning orzusi” matni mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish
so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
xiyla o‘ylantirib qo‘ydi – bir muncha fursat o‘ylantirib qo‘ydi shukronalik – shukur qilish, qanoatli va mamnunlik holati shirin o‘y – shirin hayol
qanot bag‘ishlab – madad berib
Do'stlaringiz bilan baham: |