4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xos- liklarni anglash. Rivojlantiruvchi


Download 0.84 Mb.
bet11/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xos- liklarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini,
lug‘at ustida ishlash, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Ichda o‘qish” usuli, “Kasblarga ta’rif”, “Maqollar chashmasi” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar Abdulla Oripovning “Iqboli buyuksan” she’rini yoddan aytib beradi. She’r asosida savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Ona bilan Vatan tushunchalari nima uchun qiyoslanadi?

    2. Ustozni nima uchun unutmaslik kerak?

    3. Suyuksan so‘ziga qofiyadosh so‘zni toping.

    4. Dilbandi so‘ziga ma’nodosh so‘zni toping.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Bugungi dars mavzusi: “Qodir boboning orzusi”.
Muallif To‘lqin Hayit haqida o‘qituvchi qisqacha ma’lumot beradi. Matn mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi.
“Qodir boboning orzusi” matni mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish
so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


xiyla o‘ylantirib qo‘ydi – bir muncha fursat o‘ylantirib qo‘ydi shukronalik shukur qilish, qanoatli va mamnunlik holati shirin o‘y shirin hayol
qanot bag‘ishlab madad berib

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling