4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 0.84 Mb.
bet14/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilardan “Qodir boboning orzusi” hikoyasining mazmunini hi- koya qilib berish so‘raladi. O‘tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Qodir boboga nima tinchlik bermas edi?

    2. Qodir boboning yuragi nima uchun entikdi?

    3. Qodir bobo va nevarasi nima haqida suhbat qurishdi?

    4. Mamlakatimizda qanday avtomobillar ishlab chiqariladi? “Tezkor javob” o‘yini. Buning uchun sinf o‘quvchilari uch gu- ruhga ajratiladi. Har bir guruh Vatan haqida maqollarni tez-tez aytishlari zarur. Masalan: Ona yurting – oltin beshiging.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Topqirlar” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilar berilgan harflar- ni tagida raqamlarga mosini qo‘yib, so‘zlarni hosil qilishlari lozim. Bu so‘zlar orqali yangi mavzu hosil bo‘ladi. Javob: Is-
tiqlol bolalari.
Bugungi darsda siz bilan “Istiqlol bolalari” she’ri bilan tanishamiz.
Matn mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi.
She’r matni audio orqali o‘qib eshittiriladi. Mavzuning mazmu- ni o‘quvchilar bilan tahlil qilinadi.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga “Istiqlol bolalari” she’ri, “Davom ettir” usulidan foydalanib, ifodali qilib o‘qitiladi. She’r asosida qofiyadosh so‘zlar topiladi.
Qofiyadoshini top” o‘yini. Mashqni bajarishda o‘quvchilar uch guruhga bo‘linadi. Har bir guruh a’zosi berilgan so‘zlarni qofiyadoshini topib, to‘g‘ri joylashtirishlari zarur. Masalan:
ozod-obod-shod, olgan-solgan-chalgan.

Test topshiriqlari:


1. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng nimalarga erishdik?

  1. davlatimiz rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirdi

  2. o‘z boyligimizga erishdik

D) erkimizga erishdik E) hamma javoblar to‘g‘ri 2.O‘zbekistonning kelajagi kimlar?
A) ota-onalar B) bolalar D) keksalar E) rassomlar
3. “Istiqlol bolalari” she’rining muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Dilshod Rajab
D) Tursunboy Adashboyev E) Po‘lat Mo‘min 4.“Istiqlol bolalari” she’rida nimalarga urg‘u berilgan?

  1. a’lo o‘qishga, vatan ishonchi bo‘lishga

  2. ota-onaga, ustozga, sportga

D) gullarga, daraxtlarga E) kitoblarga
5. Vatan ozod, Vatan obod,
Kelajakka boramiz shod. – Bu misralar kimning qalamiga mansub?
A) Abdulla Oripov B) Dilshod Rajab D)Tursunboy Adashboyev E) Po‘lat Mo‘min;

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling