Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagicha savollar beriladi:
Shu mavzudan so‘ng sizda o‘z qishloq yoki shaharingiz xaritasini chizish istagi paydo bo‘ldimi?
Chizgan xaritangizda nimalarni tasvirlagan bo‘lardingiz?
Mavzudan olgan bilimlaringizni qachon qo‘llash mumkin? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Xarita” hikoyasining 2-qismini o‘qish.
Mavzu: “Mardlik va aql yorug‘ligi” (Miraziz A’zam).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: “Mardlik va aql yorug‘ligi” she’r mazmuni bilan tanishti- rish, Vatanni mo‘tabar ekanligini tushuntirish, Vatan oldidagi burchini anglatish.
FK 1: she’rni ifodali, to‘g‘ri o‘qib, mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ilmga bo‘lgan muhabbatini oshirish, va- tanparvarlik ruhida tarbiyalash.
TK 5: she’rda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, ifodali o‘qish ko‘-
nikmalarini rivojlantirish.
TK 3: mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Tarmoqlash”, “Davomini top” o‘yini.
Dars jihozlari: ko‘rgazmali va tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Xarita” hikoyasining II qismini so‘zlab beradilar. “Xarita” mavzusi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Samad va Rasul nima sababdan tortishib qolishdi?
Rasul xaritada Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarini nima uchun ko‘hna yodgorliklar misolida tasvirladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib umumlashtiriladi.
“Tarmoqlash” metodi. “Tarmoqlash” metodi yordamida O‘z- bekistonning chegaradosh davlatlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |