Yangi mavzu bayoni.
Bugungi darsda siz bilan “Xarita” hikoyasining 2-qismi bilan tani- shamiz.
Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. Matn o‘quvchilarga “Zanjir” usulida o‘qitiladi.
Mavzudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
qolip – andaza, quyma shakl loqayd – befarq, beparvo, sovuqqon kashfiyot – ixtiro, topilma
jimitdek – juda kichkina, jajji,
zig‘ircha – ozgina, jindek
Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Qismini top” mashqi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlarga mavzu matni qismlarga bo‘lib beriladi. Har bir gu-
ruh a’zolari berilgan qismlarni to‘g‘ri topib, ifodali qilib o‘qishadi va hikoya qilishadi. Darslikdagi savollarga javob topiladi.
Rasul xaritada Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarini nima uchun ko‘hna yodgorliklar misolida tasvirladi?
Siz O‘zbekistonni qaysi davlatlar bilan chegaradosh ekanligini bilasizmi?
Test topshiriqlari:
Kimning rasmida chegara nuqtali chiziqlar bilan chizilgan edi?
A) Samadda B) Rasulda D) Islomda E) Akasida
Chizgan birinchi rasmiga akasi qanday qaradi?
A) quvonch bilan B) tashvish bilan
D) loqayd bo‘lib E) hayratomuz holatda
Rasul umrida ko‘rmagan qaysi shaharni tasavvur qilib chizdi?
A) Samarqandni B) Toshkentni D) Buxoroni E) Andijonni
Cho‘l degan joyga nimani rasmini chizdi?
A) qo‘yni B) itni D) otni E) echkini
Rasul xarita tagiga nima deb yozdi?
A) Tojikiston B) Qozog‘iston D) Armaniston E) O‘zbekiston Test natijasi e’lon qilinadi va xulosalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |