4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet23/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun sizlar bilan Miraziz A’zamning “Mardlik va aql yorug‘ligi” she’ri bilan tanishamiz.

Miraziz A’zam haqida ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib beradi va mazmunini tushuntiradi.

Lug‘at ishi:


qo‘r – olov yonib bo‘lgach, ostida qolgan cho‘g‘ uyumi
o‘git nasihat tayin – aniq uvol – isrof
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruh she’rning bir bandini yoddan aytib beradi.
She’r matni ustida savol-javob o‘tkaziladi.

  • She’r nima haqida ekan?

  • Qanday kishilarni mard deymiz? O‘rganilganlar yuzasidan test sinovi o‘tkaziladi. Test topshiriqlari:

    1. O‘g‘il bolaga xos xislatlar yozilgan qatorni aniqlang?

A) mard, jasur, qo‘rqmas B) ilmsiz, dangasa, chiroyli
D) qo‘rqmas, epchil, ishyoqmas E) madaniyatli, bilimdon, ilmli.

    1. She’r mavzusi nima haqida aytilgan?

A) vatan haqida B) mard va ilmli bo‘lish haqida
D) o‘qish haqida E) askar bola haqida

    1. Bilimli bo‘lish uchun nima qilish kerak?

A) yaxshi o‘qish kerak B) chiroyli kiyinish kerak
D) pahlavon bo‘lish kerak E) sport bilan shug‘ullanish kerak

    1. Misralarni davom ettiring? Aqlni faqat ilm...

A) o‘g‘ilga mardlik kerak B) yorug‘ aql Vatanni
D) yorug‘ qilar, ukajon E) bir gapim bor ukajon

    1. She’rni muallifi kim?

A) Abdulla Oripov B) Anvar Obidjon
D) Zafar Diyor E) Miraziz A’zam

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling