4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 0.84 Mb.
bet31/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“O‘zbekiston – Vatanim manim” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

  • “Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni” maqol mazmunan bo‘limdagi qaysi she’rlarga mos keladi?

  • Vatanni sevgan o‘quvchi qanday yaxshi ishlarni bajarishi kerak? O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

“Mozaika” mashqi.


O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik gu- ruhlarga kuz fasli tasvirlangan rasmli konvertlar tarqatiladi.
O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’ri bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan kuz fasli, tabiat hodisalari haqida suhbat o ‘tkaziladi.

  • Kuz faslida qanday mevalar pishadi?

  • Kuzda ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Kuz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Kuz” she’ri matni o‘qiladi. She’r mazmuni tushuntiriladi. No- tanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


aftidanyuzidan
zamin solinar tayyorlanar
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Kuz” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar dars- likdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • “Quyosh tushar taftidan”, “Qishga zamin solinar” misralarining

ma’nosini izohlang.
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Kuz” she’ridagi qofi- yadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z top- gan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling