4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet34/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Qovun sayli” matnini “Shivirlab o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Savol-javob o‘tkaziladi:

  1. Bolalar polizga nima uchun borishdi?

  2. Ular polizda qanday qovunlarni ko‘rishdi?

  3. Qovun polizida qanday voqealar yuz berdi?

“Pinbord” usulida matn yaratish.


O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi. Reja asosida “Pinvord” usulida “Qovun sayli” matni yaratadi. Shu tariqa matn kengaytirilib boriladi.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:

  1. Fasllarga bog‘liq yana qanday an’analarni bilasiz?

  2. O‘zingiz shunday an’analarda ishtirok et- ganmisiz?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa. “Qovun sayli” hikoyasining 1-qismini o‘qish .




Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa’dulla). 2-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoyaning mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri, ongli o‘qish, o‘qiganini so‘zlab berish, so‘z ma’nolarini farq- lash, hikoyaning asosiy g‘oyasini aniqlashni o‘rgatish.
TK 3: mavzuni o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish.
FK 1: matnlarni tinglab, mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy bayramlarimizga nisbatan hurmat, vatanimizda yetishtiriladigan noz-ne’matlarga nisbatan shukronalik, dehqon va bog‘bonlarga nisbatan mehr, mehnatsevarlik kabi tuyg‘ularni tarbiyalash.
TK 5: hikoyada aks etgan insonparvarlik g‘oyalarini anglash.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling