Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkaziladi.
Allomalarimiz bizga qanday milliy–madaniy meros qoldirgan?
O‘zbekistonning haqiqiy egalari kimlar bo‘ladilar?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Mangulikka tatigulik kun” matnini o‘qish.
Mavzu: “Iqboli buyuksan” (Abdulla Oripov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, shoir asar- lari haqida to‘liq tushuncha hosil qilish, she’rni ongli, ifodali o‘qishga va ma’nodosh so‘zlarni topishga o‘rgatish.
TK 3: she’riy kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanni ardoqlash, ota-onani e’zozlash, ustozlarni hurmat qilish tuyg‘ularini tarbiyalash, ularni mehnatsevarlik, tirishqoqlik, intiluvchanlikka o‘rgatish.
TK 5: she’rda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, test yechish malakalarini shakllantirish, lug‘at boyligini oshirish.
FK 1: she’riy matnlarni tinglab tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Rasmli reja”, “O‘rnini top” o‘yini.
Dars jihozlari: vatanimiz go‘zalligi, maktabda bilim olayotgan, sport bilan shug‘ullanayotgan bolalar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Rasmli reja” mashqi. O‘quvchilar Safar Barnoyevning “Man- gulikka tatigulik kun” matni mazmunini “Rasmli reja” o‘yini asosida so‘zlab beradilar. Buning uchun doskaga xatboshilar-
ga oid rasmlar ilinadi. O‘quvchilar shu rasmlar asosida matnni qayta hikoya qilib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |