4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet4/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

F – fikringizni bayon eting.
S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating.
M – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
Maqsadi: o‘quvchilar mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini ba- yon qilish, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko‘rsatish, ularni tasdiq- lovchi misollarni keltirish va umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni erkin fikrlash, o‘z fikrini himoya qilish, boshqalarga fikrini o‘tkazish, ochiq holda bahslashish va bahs-muno- zara madaniyatiga o‘rgatadi. Masalan, N.A.Samarqandiyning “Sulton Maxmud va Beruniy” rivoyatida qo‘llanilgan.

“Arra” metodi.


Mazkur mеtodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o‘quvchilar rivoyat matnini qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tеgishli qismini puxta o‘zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi.
Ma’lum vaqtdan so‘ng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi. Shu tarzda ri- voyat mazmunini barcha o‘quvchilar o‘zlashtirib oladilar.
Maqsadi: o‘quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy
fikrlashga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o‘z fikrini tushuntirib, isbotlashga o‘rgatish. Masalan, Xondamirning “Tan- beh” rivoyatida qo‘llanilgan.
O‘z o‘rningni top” mеtodi. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning yеchimini topishga yo‘naltirilgan. Bunda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon qilishi, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo‘ladi va dars so‘ngida o‘qituvchi to- monidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiri- ladi.
Maqsadi: o‘quvchilarda o‘z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o‘z fikrlarini isbotlashga o‘rgatiladi. Masalan, Xans Kristyan Andersen- ning “Bolalar gurungi” ertagida (2-qism) qo‘llanilgan.
Ikki qismli kundalik” metodi. “Ikki qismli kundalik” pedagogik us- lub bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.

  1. bosqich. O‘quvchilar ertakni juftlikda navbat bilan past ovozda o‘qiydilar.

  2. bosqich. Hamma ertakni o‘qib bo‘lganiga ishonch hosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.

  3. bosqich. O‘quvchilarga daftarning chap tomoniga muallif fikr- larini yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.

  4. bosqich. O‘ng tomonga o‘quvchi mazkur fikrga berilgan o‘zining izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan ertak haqidagi tushunchasini umum- lashtirib beradi.

  5. bosqich. Topshiriqning shu qismi tugagandan keyin o‘quvchilarga (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan fikrni va ularga yozilgan izohni o‘qish taklif etiladi. Fikrlar va ularning izohlari o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur fikrga o‘z izohini berish ruxsat etiladi.

  6. bosqich. O‘quvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) bo‘lib ham ishlashlari mumkin.

Maqsadi: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otish, yozma nutq- ni rivojlantirish.
Vazifasi: o‘quvchilarning matn ustida mustaqil ishlash, mavzudan
kerakli xulosa chiqarish malakasi shakllanadi. Masalan, Aziz Abduraz- zoqning “Baqa bilan taqa” ertagida qo‘llanilgan.
O‘qish darslarida shu kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foy- dalanish o‘quvchilarda kompetensiyalarni rivojlantirish hamda ta’lim maqsadiga erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Texnologik xaritalardan o‘qish darslarida foydalanish


Darsning texnologik xaritasi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda unga taqsimlangan vaqt har bir bosqich bo‘yicha to‘g‘ri belgilash uchun ishlatiladi. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida mavzular bo‘yicha texnologik xaritani tuzib olishi lozim. Namuna:
50-dars. Mavzu: “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin”. 2-qism.
Mavzu: “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin”. 2-qism.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling