Mavzuga oid tayanch tushunchalar: podshoh, kabobchi, zindon, gilam.
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Podshoh hunari tufayli o‘limdan qutulib qoladi.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars. Metod: suhbat, tushuntirish, “Sinkveyn”, “Kim topqir”, “Tez javob” o‘yini, “Harfdan gapgacha” mashqlari.
Shakl: guruhda, yakka tartibda ishlash.
Jihoz: turli kasb egalari va ish qurollari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: o‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e’lon qilinadi.
Maqsadlar:
Ta’limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, ifodali va sidirg‘a o‘qishga, o‘qigan asari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki tarzda izchil ifodalashga o‘rgatish.
TK 2: ertak asosida yaratilgan multimedia ilovalariga munosabat bildirish.
FK 1: ertakni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning hunar egallashga ishtiyoqini, kasb tanlashga qiziqishini oshirish, ularda turli kasb egalariga hurmat, o‘zgalar mehnatini qadriga yetish tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 4: yaxshi odatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qigan asarlari yuzasidan savol- topshiriq tuzish, asar mazmuni va voqealari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash, test yechish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan ertakning qahramonlarini ajrata olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |