4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet3/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

TK – tayanch kompetensiyalar


TK 1 – kommunikativ kompetensiya
TK 2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi TK 3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi TK 4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi TK 5 – milliy va umummadaniy kompetensiya
TK 6 matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xa- bardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

FK – fanga oid kompetensiyalar


FK 1 adabiy-nutqiy kompetensiya
FK 2 – badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
Eslatma: Tayanch kompetensiyalarning kommunikativ kompeten- siyasi o‘qishning fanga oid kompetensiyasi bilan bir xil mazmunni ang- latganligi sababli, ularni fanga oid (adabiy-nutqiy) kompetensiya ichiga singdirib shakllantirish lozim.

O‘qish darslarida interfaol metodlardan foydalanish


O‘qish darslarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida o‘ziga mos kompetensiyani shakl- lantiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamo- naviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan bu- tunlay yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida kompetensiyadan foydalanish darslarning xilma-xil shakllari “O‘qish” fanini o‘qitishni takomilla- shuviga ta’sir ko‘rsatadi. Darslarni “Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O‘z o‘rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli kundalik”
mеtodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foyda- lanib o‘tish dars samaradorligini yanada oshiradi.
Bumerang” texnologiyasi. “Bumerang” texnologiyasi bir mash- g‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun- ga (muammoli, munozarali va h.) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qam- rab oladi. Bunda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchi turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. “Bumerang” texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiq- ni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: g‘oya, fikr va dalillarni yozma hamda og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Maqsadi: o‘quvchilarda anglab o‘qish orqali, fikrni yetkaza olishga,
tushuntira olishga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni guruhda ishlash, hamfikrlik, o‘zaro fikr al- mashishga ko‘nikma hosil qilish.
Masalan, X.To‘xtaboyevning “Xatosini tushungan bola”, Rahim Bekniyozning “Mo‘jiza” hikoyalarida qo‘llanilgan.
FSMU” metodi – 4 bosqichli yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqata- di va yakka tartibda qo‘llaniladi. O‘zlashtirilgan bilimlar asosida tashkil qilinadi va har bir o‘quvchi 4 bosqich asosida fikr-mulohaza bildiradi.
Bunda:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling