Dars mavzusi: Jo’nalish kelishigi


Download 43 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi43 Kb.
#1132217
Bog'liq
7 ona tili jonalish kelishigi


Dars mavzusi: Jo’nalish kelishigi.
Dars maqsadi: 1.O’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirish.
2.O’quvchilarga suvning ahamiyati haqida ma’lumot berish.
3.O’quvchilarning yozma nutqini o’stirish.
Kompetensiya.Buning kommunikativ muloqot turidan foydalanish.
Fanga oidkompetensiya adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari:tinglash,tushunsh, fikrni og’zaki bayon eta olish.
Darsning metodi: A’anaviy, o’yin, suhbat.
Darsning jihozi:7-sinf ona tili darsligi, mavzuga oid tarqatmalar



Mavzu

Matnda jo’nalish kelishigidan foydalanish

45

Maqsad va vazifalar

Malaka talablari



Maqsad:ta’limiy:darsda kelishik qo’shimchalarini bilish va jo’nalish kelishigi haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: oquvchilarga hayotimizda suvning ahamiyati va tejamkorlik haqida tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki suhbatdan, mashqdan, notanish matnlardan jo’nalish kelishigi qo’shimchasini aniqlay olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish:
Vazifalar:-o’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish,ularda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, kengaytirishga erishish:
-mavzuga oid berilgan savollarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirib olishlari hamda berilhan topshiriqlarni qay darajada o’zlahtirganliklarini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.
Malaka talablari:
Bilim: jo’nalish kelishigi haqida bilim hosil qilinadi
Ko’nikma: darslikdagi mashqlar orqali kelishiklarni tanish vaziyatlarda qo’llay olishko’nikmasi shakllantiriladi
Malaka: turli audio, video matnlar berish orqali mavjud bilim va ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish malakasi shakllantiriladi
Kompetensiya: jo’nalish kelishigi, kelishiklar yuzasidan hosil qilgan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda qo’llay olish komponentligi rivojlantiriladi.




O’quv jarayoning mazmuni

Matnlarda kelishik qo’shimchalridan foydalanish,berilganlardan jo’nalish kelishigini aniqlash




O’quv jarayonini amalgam oshirish texnologiyasi

Dars turi:Yangi mavzu bilan tanishtirish darsi
Dars usuli:Induktiv ta’lim(Amaliyotdan nazariyaga qarab boorish)
Metod: Savol-javob, aqliy hujum
Vosita:Multimediya vositalari.
Baholash: 5 balli tizim asosida.




Dars jarayoni

Tashliliy qism:Salomlashish, darsga o’quvchilarni psixologik tayyorlash, navbatchi hisoboti orqali davomatni aniqlash.
Uy vazifasi nazorati:
Mavzu ustida ishlash:
Mavzuni mustahkamlash
Uyga vazifa:

5daqiqa

15daqiqa
10daqiqa


13daqiqa
2daqiqa

Kutilayotgan natija

O’qituvchi mavzuni barcha o’quvchilar imkon darajasida to’liq o’zlashtirishiga erishadi.O’quvchilar faolligini oshiradi.O’quvchilarida fanga nisbatan qiziqish iyg’otadi.Darsda imkon qadar o’quvchilarni ko’proq baholaydi.O’quvchilar tomonidan darsni mustaqil o’rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berishva savollarga javob berishga o’rgatadi, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.
O’quvchi jo’nalish kelishigi yuzasidan bilimlarini kengaytiradi.Mustaqil ijodiy ishlashga o’rganadi, nutqi rivojlanadi.Qisqa vaqt ichida mavzuga oid ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.




Sinf guruhlarga bo’linadi.Guruhlarga nom beriladi.1-guruh”Bilim”,2-guruh “Zakovat”, 3-guruh “Shudring” deb nomlanadi.Uyga berilgan 137-mashq tekshiriladi.Savollar:


1.O’zbek tilida nechta kelishik bor?
2Kelishik shakllarini ayting.
3.Qaratqich, tushum kelishigiga misol keltiring.
4.Daftar,sinf so’zlarini turlang.
Dars shiori:
Hamisha yaragil xalq xizmatiga,
Bezak bo’l ola-u odam zotiga.
(Nizomiy Ganjaviy)
Yangi mavzu bayoni:
Bu mavzuni o’rganish 1-topshiriqni bajarish bilan boshlanadi.Gaplardagi nuqtalar o’rniga mos kelishik qo’shimchalaridan mosini qo’ying.
U o’qish niyatida shaharga yo’l oldi.
Adolat sekin atrofga nazar soldi.

Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rin –joy otlariga qo’shilib, qayerga?so’rog’iga javob bo’ladi va gapda o’rn holi vazifasida keladi.


Payt otlariga qo’shilib qachon?so’rog’iga javob bo’ladi va payt holi vazifasini bajaradi.
Shaxs va narsa otlariga qo’shilib kimga? Nimaga?so’rog’iga javob bo’ladi.
Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi k,q tovushlari bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda ,-ka,-qa holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
Masalan:Yurakka, qishloqqa.

139-mashq ko’chirib yoziladi va jo’nalish kelishigidagi so’zlar aniqlanadi.
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling