FK 2: asar qahramonlariga munosabat bildira olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Zig-zag” usuli, “Gapni davom ettir” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, multi- media ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Mirkarim Osimning “Kitobga ixlos” qissasi yuzasidan sahna ko‘- rinishi namoyish etiladi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlab kelgan sahna ko‘rinishi orqali ularning nutqi ravonligi, ifodali , obrazli namoyish qilishlariga e’tibor qaratiladi.
Ibn Sino nimani ko‘rib qoldi?
Nima uchun Ibn Sino o‘z shahrini tashlab ketdi?
Yangi mavzu bayoni.
Bugungi darsda siz bilan “Pahlavon va shoir” rivoyati bilan tani- shamiz. Rivoyat muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi, mazmu- ni tushuntiriladi. O‘quvchilar “Ichda o‘qish” usulidan foydalanib o‘qitiladi. Rivoyat mazmuni tahlil qilinadi.
Pahlavon nima uchun yosh bahodir bilan kurash tushishni xohla- madi?
Pahlavon qanday jasorat ko‘rsatdi?
Pahlavon Mahmud sultondan qanday tilak so‘radi? Rivoyatdagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
sulton – shahar hokimi
kunda – xoda, daraxt bo‘lagi
ulug‘ qadamjolar – ziyoratgoh, qabriston
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Pahlavon va shoir” matnini “Zig-zag” usulida o‘qiydilar. Darslikdagi savollarga javob topiladi.
“Ey xudo, ikki bolam ……”
“Kecha maydondagi zaifligingiz….
“Menga hech narsa kerak emas. Sizning…..
Do'stlaringiz bilan baham: |