4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet118/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Mavzu: “Kitobga ixlos” (Mirkarim Osim). 2-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga adabiy til talaffuzi qoidalariga rioya qil- gan holda ongli, to‘g‘ri o‘qish, qissadagi voqea-hodisalarning izchilligi- ni belgilash, qahramonlarning xatti-harakatini baholash hamda ularga shaxsiy munosabat bildirishni o‘rgatish.
FK 2: asar qahramoniga munosabat bildira olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga yuksak insoniy fazilatlarni, mardlik, fidoyi- lik tuyg‘ularini singdirish, ularni kitobni sevish va qadrlashga o‘rgatish.
TK 6: o‘quv qurollarini saramjon saqlay olishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib hikoyalash, so‘z boyligini oshira borish va nutqida qo‘llash malakalarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
FK 1: asarning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Mazmunga oid jadval”, “Topib o‘qi”, “Sonlar tilsimi”, “Tezkor savollar” mashqlari.
Dars jihozlari: turli xil kitoblar tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismini navbat bilan o‘qiydilar.
Mazmunga oid jadval” mashqi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar qissaning 1-qismi mazmunini yorituvchi jadval- ni mustaqil ravishda yoki birgalikda to‘ldiradilar va uni izohlaydilar.
“Kitobga ixlos” qissasining 1-qismi mazmuniga oid jadval




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling