4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 0.84 Mb.
bet114/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Qish” she’ri o‘qitiladi, 3-4 nafar o‘quvchidan yoddan so‘raladi.
She’r yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    • Qish qanday fasl?

    • Qishda bolalar qanday o‘yinlar o‘ynashadi? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bugun biz sizlar bilan “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi bilan tanishamiz.

O‘quvchilar qish fasli, ko‘chat ekish haqida suhbatlashiladi, savol- javob o‘tkaziladi.

    • Siz ham qishda qor odam yasaysizmi?

    • Ko‘chat ekish qanday odat?

O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. Hikoya
muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasini ifodali o‘qib be- radi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


tosh-metin – beton ilashmay – yopishmay ajriqzor – chimzor
kosov – olovni kovlash uchun ishlatiladigan uzun yog‘och
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsa- dida “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savol va topshiriqlarni o‘qib, ularga javob berishadi:

    • Kamol bilan Alisher nima uchun dalaga borishdi?

    • Qor odam ularga qanday sovg‘a qoldirdi?

    • Qishki o‘yinlarning nomini ayting.

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
Tez aytish” o‘yini. O‘quvchilar qishga oid tez aytishlarni tez- tez aytadilar. Eng tez aytgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling