4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet110/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga yil fasllari va ularning o‘rni haqida ma’lumot berish, “Rangin qorlar” ertagi bilan tanishtirish. O‘quvchi- larda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
FK 1: ertakni mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga muhabbat, tabiat ne’matlarini qadriga yetish va avaylab asrash hislarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, matn ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Yil fasllari” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Qish to‘zg‘itar momiq par” she’ri o‘quvchilardan yoddan so‘ra- ladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Qish faslida qanday tabiat hodisalari ro‘y beradi?

  • She’rda qishga qanday ta’rif berilgan?

O‘quvchilar javoblari to‘ldiriladi va umumlashtiriladi.
Tarqatma materiallar bilan ishlanadi va o‘tilgan mavzu mustahkam- lanadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


Doskaga rasmli rebus yopishtiriladi. O‘quvchilar rebusni yechib, hosil bo‘lgan so‘zni aytadilar.

  • Bolajonlar, rasmli rebusning javobi nima ekan?

  • To‘g‘ri, rasmli rebusning javobi “Qor” edi.

  • Qor qaysi faslda yog‘adi?

O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan “Rangin qorlar” ertagi bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan yil fasllari, ularning qachon kelishi, fasllardagi o‘zgarishlar haqida suhbatlashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Rangin qorlar” ertagi audio orqali o‘qib eshittiriladi. O‘qituvchi ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling