4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet113/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Lug‘at ishi:


quyrug‘iday – dumiday paxmoq – tаrtibsiz o‘sib ketgan, hurpaygan oq tivit – hayvonlarning nozik va mayin junidan tikilgan oq narsa so‘qmoqlar – odamlar qatnovi natijasida o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan yolg‘izoyoq yo‘llar
Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar she’rdan berilgan so‘zlarga mos qofiyadoshini topishlari lozim. Masalan: bo‘ralar-mo‘ralar, serha- sham-beqasam, qulochini-sochini.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “To‘g‘ri va no‘to‘g‘ri javob” o‘yini bajariladi.

“To‘g‘ri va no‘to‘g‘ri javob” o‘yini.


– Endi maqollar bo‘yicha topqirligingizni ko‘ramiz. Quyida berilgan maqollardan faqat qishning xususiyatiga doirlarini belgilang. To‘g‘ri javobga (+) va no‘to‘g‘ri javob (–) qo‘yasiz.

  1. Yoz mevasi –qish xazinasi +

  2. To‘qson to‘lmay, yoz chiqmas –

  3. Yozning kuni – yuz turli Qishning kuni – qirq turli +

  4. Yozning yomg‘iridan qo‘rq,

Qishning qirovidan +

  1. Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi. –

  2. Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas, Mezondan so‘ng yoz bo‘lmas +

“Buyuk rassom” mashqi.


– Aziz o‘quvchilar, siz qishning tasvirini jadvaldagi harflardan
foydalanib, so‘zlarni toping. So‘zlar orqali gapni toping. Kesil- gan rasm qismlaridan mavzu tasvirini hosil qiling.



E

K

Q

E

R

Y

S

A

N

D

I

T

I

O

J

N

Y

A

SH

D

N

M

A

Y

O

T

O

B

I

M

A

H

Z

Q

O

R

D

L

O

U

I

L

I

N

A

A

G‘

SH

Javob: – Qish ayozi tobida,
Qor erinmay bo‘ralar.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. She’rda qish manzarasi qanday tasvirlangan?

    2. Qishda hayvonlarga muallif qanday ta’rif bergan?

    3. She’rning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?

    4. Bu darsda olgan bilimlaringizdan kelgusi hayotingizda foydalana olasizmi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Qish” she’rini yod olish.




Mavzu: “Qor odamning sovg‘asi” (Oqiljon Husanov).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga qish, nihol haqida ma’lumot berish, “Qor odamning sovg‘asi” hikoyasi bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 2: mavjud axborot manbalaridan eshittirishlarni tinglab tushu- nish va gapirib bera olish.
FK 1: asarning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevish, asrab-avaylashga o‘rga- tish, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajra- ta olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Tez aytish” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  2. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling