Lug‘at ishi:
ayoz – sovuq chaqinlar – chaqmoq
yoz saratoni – yozning issiq kunlari
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Rangin qorlar” ertagi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Qadimda qorlar qanday ranglarda bo‘lgan ekan?
Bahorning yashil rang tanlashining sababi nimada?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi. Matn mazmuni qayta hikoya qilinadi.
“Yil fasllari” o‘yini. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruhga yil fasllari va ularda bo‘ladigan hodisalar rasmlari beriladi. O‘quvchilar tabiat hodisalarini yil
fasllarining mosiga yopishtiradilar.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Sizga qaysi mashq yoqdi?
Darsda o‘rgangan bilimlaringizni qayerda qo‘llashingiz mumkin? O‘quvchilar darsga ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Rangin qorlar” ertagining mazmunini hikoyalash.
Mavzu: “Qish” (Tursunboy Adashboyev).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, sidirg‘a va to‘g‘ri o‘qishga, she’r mazmuniga doir maqol va topishmoqlarni o‘qish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
TK 2: mavjud axborot materiallariga ongli munosabat bildirish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga o‘lkamizdagi qish faslining insonlar- ga zavq tarovat bag‘ishlashini tushuntirish, tabiatni sevish tuyg‘usini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |