4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet112/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning qish manzarasi hamda yilning shu faslida turli jonivorlar va hayvonlarning hayoti yuzasidan o‘z fikr- mulohazalarini og‘zaki tarzda izchil ifodalash qobiliyatini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish.
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Tezkor savollarga tezkor javoblar”, Buyuk rassom, “Qofiyadoshini top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: qish fasli tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Rangin qorlar” ertagini rollarga bo‘linib o‘qiydilar.
Ertak mazmunini so‘zlab beradilar.

“Tezkor savollarga tezkor javob” o‘yini.


    1. Qish inglizchada nima deyiladi?

    2. Qish faslida nechta bayram bor?

    3. “Kumush” so‘zini yana qaysi faslga nisbatan ishlatish mumkin?

    4. Laylak qishda qayerda yashaydi?

    5. Qishning qaysi kunida eng uzoq tun kuzatiladi?

    6. Qishning qaysi kunida eng qisqa kun kuzatiladi?
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun siz bilan Tursunboy Adashboyevning “Qish” she’ri bilan tanishamiz.

Videolavha namoyish qilinadi. O‘qituvchi “Qish” she’rini ifo- dali o‘qib beradi. O‘quvchilarga savollar bilan murojaat eti- ladi:

  • Shox-shabbalar orasidan kim mo‘ralab turibdi?

  • Ayiq va quyonning ko‘rinishi qanday bo‘lar ekan?

  • Archalarga qanday ta’rif berilgan?

She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling