4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet160/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzu bayoni.


– O‘quvchilar, bugun biz Mirtemirning “Qush tili” she’ri bilan tani- shamiz.
Matn muallifi haqida ma’lumot beriladi.
She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etilib, kadr ortidan she’r matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket she’rni o‘qiy- di. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. She’r matni ustida ishlanadi, notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


bo‘zlashaylik – mungli, darddli tovush chiqarmoq, nola qilmoq
tuvaloq – ov qilinadigan, go‘shti mazali yirik qush
yovuq – yaqin
tillashaylik gaplashaylik
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Ifodali o‘qish” musobaqasi. Musobaqa qa- torlararo o‘tkaziladi. O‘quvchilarning hammasi she’rni o‘qiydi. Muso- baqa so‘ngida har bir qatorda nechta o‘quvchi ifodali o‘qigani e’lon qilinadi va ko‘p ifodali o‘qigan qator g‘olib sanaladi.
Qofiyadosh so‘zlar ustida ishlanadi: uzoq-tuzoq, bo‘zlashaylik- so‘zlashaylik, quvlashaylik-quvmashaylik, bedana-sedana, sirlashaylik- tillashaylik.
Kim ko‘p qushlar nomini biladi?” o‘yini. Boshqotirma katak- lariga qushlar nomini yozadilar. Eng ko‘p qushlar nomini yoz- gan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    1. She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?

    2. Siz yana qaysi qushlarni bilasiz?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Qush tili” she’rini yod olish.





Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling