Yangi mavzu bayoni.
– O‘quvchilar, bugun biz Mirtemirning “Qush tili” she’ri bilan tani- shamiz.
Matn muallifi haqida ma’lumot beriladi.
She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etilib, kadr ortidan she’r matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket she’rni o‘qiy- di. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. She’r matni ustida ishlanadi, notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
bo‘zlashaylik – mungli, darddli tovush chiqarmoq, nola qilmoq
tuvaloq – ov qilinadigan, go‘shti mazali yirik qush
yovuq – yaqin
tillashaylik – gaplashaylik
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Ifodali o‘qish” musobaqasi. Musobaqa qa- torlararo o‘tkaziladi. O‘quvchilarning hammasi she’rni o‘qiydi. Muso- baqa so‘ngida har bir qatorda nechta o‘quvchi ifodali o‘qigani e’lon qilinadi va ko‘p ifodali o‘qigan qator g‘olib sanaladi.
Qofiyadosh so‘zlar ustida ishlanadi: uzoq-tuzoq, bo‘zlashaylik- so‘zlashaylik, quvlashaylik-quvmashaylik, bedana-sedana, sirlashaylik- tillashaylik.
“Kim ko‘p qushlar nomini biladi?” o‘yini. Boshqotirma katak- lariga qushlar nomini yozadilar. Eng ko‘p qushlar nomini yoz- gan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
Siz yana qaysi qushlarni bilasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Qush tili” she’rini yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |